Andijonda o’tkazilgan «Ta’lim va kasb» ko’rgazmasi jarayonlari

Andijon shahar Yoshlar markazida maktab bitiruvchilari uchun «Ta’lim va kasb» ko’rgazmasi o’tkazildi. Unda turli oliy ta’lim muassasalaridan va o’quv markazlaridan ishtirokchilar o’z ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdilar. 

Tadbirda Varsovia Universiteti ham qatnashdi va o’z ta’lim yo’nalishlari haqida ma’lumot berdi. Universitetimiz yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi. Varsovia Biznes va Amaliy Fanlar Universiteti shu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishda davom etmoqda.