Ekofaol talabalar

O’zbekiston respublikasi prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha bo’lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi»ni «2025-2026-yillarda amalga oshirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» doirasida Varsovia Universiteti talabalari o’rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasida amaliy xarakatlar boshlangan.

EKOFAOL TALABA KIM?

Ekofaol talabalar — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishga o’z hissasini qo’shishga intiladigan, yashil hayot tarzini targ’ib etuvchi yoshlardir. Ular talabalarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ekofaol talabalar qanday bo’lishadi?
  • Ekologik ong yuqori: Tabiatga zarar yetkazmaslikni hayot tarziga aylantirgan va boshqalarni ham shunga chorlaydigan.
  • Tashabbuskor: «Yashil makon» umummilliy loyihasi kabi aksiyalarda daraxt ekish, hudud obodligini ta’minlashda faol qatnashadi.
  • Chiqindilarni kamaytiruvchi: Polietilen paketlardan voz kechish, chiqindilarni saralash va qayta ishlash madaniyatiga amal qiladi.
  • Targ’ibotchi: Atrof-muhit muammolari va ularning yechimlari haqida tengdoshlari o’rtasida ma’rifiy tadbirlar, «plogging» (yugurish va chiqindi yig’ish) kabi foydali harakatlarni tashkil qiladi