Xavfsizlik va kiberxavfsizlik boshqaruvi

  • TA'LIM TURI BAKALAVRIAT
  • FAKULTET MENEJMENT
  • TA'LIM SHAKLI Kunduzgi va Individual
  • DAVOMIYLIGI 3 YIL (6 SEMESTR)

Dastur axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boshqaruvi sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Talabalar axborot tizimlari va tarmoqlarini himoyalash, kiberxavflarni aniqlash, xavfsizlik hodisalarini boshqarish hamda risklarni baholash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.

Mutaxassislar Yevropa standartlari asosida tayyorlanib, raqamli iqtisodiyotning xavfsizlikka oid dolzarb ehtiyojlariga mos ravishda faoliyat yuritishga tayyorlanadilar.

SIZ nima olasiz:

  • Yevropa diplomi
  • Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boshqaruvi bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar
  • Tarmoq xavfsizligi, kiberxavflarni tahlil qilish, xavfsizlik hodisalarini boshqarish va axborot tizimlarini himoyalash bo‘yicha tajriba
  • Davlat va xususiy tashkilotlar, IT-kompaniyalar, banklar, telekommunikatsiya korxonalari hamda kiberxavfsizlik markazlarida ishlashga yoki axborot xavfsizligi bo‘yicha konsalting faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorlik

Dastur xususiyatlari:

  • Ta’lim o’zbek, rus va ingliz tillarida
  • Zamonaviy ijodiy laboratoriyalar va raqamli vositalar
  • Fanlararo yondashuv: IT + boshqaruv + dizayn
  • Polshada akademik almashinuv va stajirovka o’tash imkoniyatlari

TA'LIM narxi

KUNDUZGI YOKI INDIVIDUAL

20
mln so'm

4 bo’lib to’lashda

QABUL JARAYONI

KERAKLI XUJJATLAR

Online ro’yxatdan o’tish

• Bakalavriat – oʻrta yoki oʻrta maxsus taʼlimni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilovasi bilan

• Magistratura – oliy ta’lim muassasasining birinchi darajali diplomi

• Passport nusxasi

• O’quv to’lovlari to’langanligini tasdiqlash

• Voyaga etmagan arizachilar uchun ota-onalarning roziligi arizasi

• Agar hujjatlar uchinchi shaxs tomonidan taqdim etilgan bo’lsa, ishonchnoma
• Elektron shakldagi 3,5х4,5 fotosurat

•  Ingliz tilida o‘qish uchun siz IELTS 6.0 sertifikatini taqdim etishingiz yoki universitetda til imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tishingiz kerak.


Diqqat!
Mutaxassislik kamida 15 talaba ro'yxatdan o'tganda ochiladi!

Hujjatlarni topshirish usullari:

• Qabul komissiyasiga hujjatlarning asl nusxasini shaxsan taqdim etish

•    Ishonchnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan vakolatli vakil orqali

•    Qabul qilish uchun hujjatlar nusxalari quyidagi pochta manziliga yuborilishi mumkin:

Varsovia Biznes va Amaliy Fanlar Universiteti Andijon Filiali

170100, O‘zbekiston, Andijon shahri, Milliy Tiklanish ko’chasi 69-uy.


Nomzod o‘quv yili boshlanishidan kamida 10 kun oldin hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishi shart.

O’qishga qabul qilish to’g’risida qaror qabul qilish:

•    Nomzod yoki uning vakili tomonidan shaxsan olinishi mumkin.

•    Nomzodning ariza formasida ko‘rsatilgan manziliga pochta orqali yuboriladi.

Toʻlov rekvizitlari:

Hisob egasi tafsilotlari:

Manzil va rekvizitlar (toʻlov oʻzbek soʻmida):
Nodavlat ta’lim muassasasi «Biznes va Amaliy Fanlar Universiteti Varsovia – Varshava
Menejment universiteti Аndijon filiali»
170100, Andijon sh,,  Istiqlol k. 34,
e-mail: info.andijan@varsovia.study;
tel. + 998 90 203 20 00
Р/с 20214000605415123001 в АИКБ
«IPAKYULIBANK» Andijon Filiali
Kod 01120
STIR: 308661937

Eslatmalar:
To’lov tafsilotlarida quyidagilarni ko’rsating: to’liq ism, ro’yxatdan o’tish to’lovi/semestr/yil uchun to’lov va o’quv fakulteti nomi.

Bitiruvchilarimiz qayerda ishlaydi?

  • IT kompaniyalari va kiberxavfsizlik markazlari
  • Axborot xavfsizligi bo‘limlari va SOC (Security Operations Center) markazlari
  • Banklar, telekommunikatsiya kompaniyalari va davlat tashkilotlari
  • Elektron tijorat, moliya, media va raqamli xizmatlar sohasidagi korxonalar
  • Korxonalarning ichki axborot xavfsizligi, audit va risklarni boshqarish loyihalari

ПРИЕМНАЯ КОМИССИЯ

Ro'yxatdan o'tish shakli