8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni muborak!

Bugun yurtdoshlarimiz uchun eng muhim sana — mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun.

Shu munosabati bilan ushbu kunga bag’ishlab Universitetimizda kichik tabdir o’tkazildi.

Konstitutsiya — bu nafaqat davlatimizning asosiy hujjati, balki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi, adolat, tenglik va qonun ustuvorligini ta’minlovchi bebaho qadriyatdir.

📚 Varsovia Universiteti Andijon filiali jamoasi ushbu qutlug‘ kunda xalqimizni samimiy tabriklaydi.
Talabalarimizga yurtimizning huquqiy asoslarini chuqur o‘rganishda, adolatparvar va mas’uliyatli kadrlar bo‘lib yetishishida mustahkam bilim va ilhom tilaymiz.

Konstitutsiyamiz — kelajagimizning huquqiy kafolati!