🌳 Andijon viloyatida navbatdagi ekologik tashabbus amalga oshirildi!

🌳 Andijon viloyatida navbatdagi ekologik tashabbus amalga oshirildi!

Joriy yilning 13 mart kuni «Yuksalish» harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi “VARSOVIA” Biznes va amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda “Bir million daraxt” aksiyasi tadbiri tashkil etildi.

Aksiyaning bahorgi mavsumi uchun universitet hududidagi bo‘sh yer maydoni tanlanib, ushbu maskan yanada yashil va fayzli hududga aylantirildi. Tadbir davomida hududga katalpa, bagryannik hamda kashtan kabi manzarali daraxtlarning 110 dan ortiq ko‘chatlari ekildi.

Mazkur tashabbus nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi. Ekilgan har bir nihol kelajak avlodlar uchun toza havo, sog‘lom muhit va yashil makon yaratishga qaratilgan muhim qadamdir.