Varsovia Biznes va Amaliy fanlar Universiteti Andijon Filiali vakili — “Vodiy yetakchilari forumi”da!

Uch kun davom etgan “Vodiy yetakchilari forumi” o‘z nihoyasiga yetdi!
Mazmunli uchrashuvlar, ilhom baxsh sessiyalar va yangi hamkorliklar yosh yetakchilar uchun katta tajriba maktabiga aylandi.

🤝 Forumda Varsovia Biznes va Amaliy Fanlar Universiteti Andijon filiali vakili ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan muloqot, tajriba almashish va kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyati yaratildi.

📜 Yakunda ishtirokchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Bu ishtirok — Varsovia Universitetining yoshlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga, ularni ilhomlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. 🌟